Urugvay hukumati AQŞning çeklovlaridan söng telekommunikatsiyalar milliy boşqarmasi (Antel) Xitoyning Huawei va ZTE kompaniyalari bilan hamkorlik qiliş-qilmasligini körib çiqadi, deb ma'lum qildi Antel rahbari Andres Tolosa.
AQŞ savdo vazirligi may örtalarida Huawei kompaniyasini qora röyxatga kiritdi. Kompaniya tegişli litsenziyasiz Amerika kompaniyalari bilan hamkorlik qila olmaydi. AQŞ şuningdek, 5G tarmoğini yaratişda Huawei qurilmalaridan foydalanişga AQŞda ham, boşqa davlatlarda ham tösqinlik qilişini bildirdi.
Urugvay 5G texnologiyasini Nokia kompaniyasi bilan amalga oşirmoqda, ammo Antel bir neça yildan buyon Huawei va ZTE bilan işlab keladi.
"Buning ta'sirini baholaş lozim. Xitoy kompaniyalari bilan boğliq vaziyat global iqtisodiyotga kuçli ta'sir körsatişi mumkin, Urugvay esa barça mamlakatlarning savdo hamkori hisoblanadi", - dedi Antel rahbari.












