Avstriya prezidenti Aleksander Van der Bellen mamlakatning vaqtinçalik federal kansleri lavozimiga Brigitte Birlyaynning tayinlanişini e'lon qildi. Ayol siyosatçi sentyabrda ötadigan parlament saylovlarigaça muvaqqat hukumatga rahbarlik qiladi.

Avstriya konstitutsiyaviy sudi rahbari bölgan Birlyayn Avstriya tarixida hukumatga rahbar etib tayinlangan ilk ayol kişi böldi.

Avvalroq Avstriya prezidenti kansler Sebastyan Kurs rahbarligidagi vazirlar mahkamasini öz majburiyatlaridan ozod etgandi. Avstriya milliy kengaşi siyosiy mojaro sababli 32 yoşli Kursga işonçsizlik bildirgandi.