“Özbekiston” mehmonxonasi kompleksini sotiş böyiça oçiq tanlov savdolari ötkazilişi haqida xabarlar tarqalgandi, deb yozmoqda ÖzA.

Bir vaqtlar “Özbekiston” mehmonxonasi Toşkentning ramzlaridan biri sanalar edi. Biroq, bugungi kunda mehmonxona öz mavqeini boy bermoqda şekilli, ötgan safar e'lon qilingan savdolarga bironta ham ariza kelib tuşmagan. Şu sababli muhtaşam mehmonxona yana sotuvga qöyilmoqda. Narx ham özgarmagan – 33 million AQŞ dollari, deyiladi xabarda.

Köpçilik sotuvga faqat mehmonxona qöyilgan, deb öylayotgan bölsa adaşadi. “Özbekiston” mehmonxonasi kompleksiga şu hududdagi barça inşootlar (ikkita restoran, umumiy ovqatlaniş şoxobçasi, anjumanlar zali va h.k) kiradi.

Foto: ÖzA
Foto: ÖzA

“Özbekiston” mehmonxonasi Toşkentning qoq markazida joylaşgan bölib, aeroport va temir yöl vokzaliga yaqinligi hamda qulay joylaşuvi bilan mijozlarning e'tiborini öziga tortadi. Uşbu mehmonxonaning davlat uluşini sotib oliş böyiça tenderda iştirok etiş uçun murojaat etuvçi yoki uning vakolatli vakili Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga ariza berişi lozim.

Foto: ÖzA

Tanlov ötkazilmagan, deb hisoblangan taqdirda takroriy tanlov dastlabki tanlov ötkazilgan kun (2019 yil 11 iyun)dan boşlab har ön iş kunida bir marta ötkazilişi mumkin.