Toşkentdagi «Çorsu» va «Özbekiston» mehmonxonalaridagi davlat uluşi sotilgan. Prezident matbuot xizmatining 27 maydagi xabarida şu haqda ma'lum qilingan.

Prezident Şavkat Mirziyoyev 27 may kuni davlat aktivlari sohasidagi loyihalar taqdimoti bilan tanişdi.

Davlat rahbari matbuot xizmati bergan ma'lumotga köra, yil boşidan beri 299ta davlat aktivi 348 milliard sömga sotilgan.

«Yangi investorlar uşbu obektlarga jami 3,3 trillion söm investitsiya kiritib, 4 700 nafar yangi iş örinlari yaratiş majburiyatini olgan», – deyiladi xabarda.

Ma'lum qilinişiça, sobiq «Çorsu» mehmonxonasi, «Samarqandkimyo» korxonasi, «Özbekiston» mehmonxonasidagi davlat uluşi va Qönğirot soda zavodi ham şular jumlasidandir. Bu obektlarga 425 million dollar investitsiya kiritilib, 800ta yangi iş örinlari yaratiladi.

«Özbekiston» mehmonxonasi Singapur kompaniyasi qöliga ötdi

Bu haqda ma'lum bölgaç, köp ötmay Davlat aktivlarini boşqariş agentligi «Özbekiston» mehmonxonasi sotuvi böyiça tafsilotlarni oçiqladi.

Unga köra, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 14 avgustdagi «Mehmonxona sohasiga qöşimça investitsiyalarni jalb etiş çora-tadbirlari töğrisida» 661-son qaroriga muvofiq, «Otel Uzbekistan» MÇJ QKning 80,1 foiz davlat uluşi ommaviy savdolarda sotilişi belgilangan.

Şunga muvofiq, agentlik «Otel Uzbekistan» MÇJ QKning 80,1 foiz davlat uluşi dastlab 33 mln dollarga tanlov savdolari orqali sotuvga çiqarilgan edi.

Mazkur davlat uluşini sotiş şartlari etib xarid tölovini tölaşdan taşqari:

a) 2 yil muddatda 100 mlrd. söm investitsiya kiritiş;