O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va tarmoqning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan quyidagilar elektrotexnika sanoatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:

ichki bozor ehtiyojlarini hisobga olgan holda import o‘rnini bosuvchi, energiya tejamkor, arzon va sifatli elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar ishlab chiqarish;

mavjud xomashyoni chuqur qayta ishlash jarayonlariga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va diversifikatsiyalash;

elektrotexnika sanoati tarmog‘i va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish va shu orqali elektrotexnika sanoatida ishlatiladigan butlovchi qismlar va asbob-uskunalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini oshirish;

elektrotexnika sanoati tarmog‘iga sifat menejmentining zamonaviy usullarini va xalqaro standartlarni joriy etish, mahalliy ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirish tizimini yaratish;

elektrotexnika sanoatida yangi turdagi istiqbolli mahsulotlar ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni va innovatsion g‘oyalarni joriy etish.

Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruhi tuzildi va unga quyidagi asosiy vazifalar yuklatildi:

elektrotexnika sanoatida mis va boshqa xomashyo qayta ishlashni chuqurlashtirishga, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishga ko‘maklashish;

ishlab chiqarilayotgan elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar tannarxini hamda uni pasaytirish imkonini cheklayotgan holatlarni tahlil qilish, mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

tarmoq va tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirish, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish ishlarini tashkil etish;

elektrotexnika sanoati tarmog‘iga, shu jumladan mahsulotlar ishlab chiqarishning texnologik jarayonlariga innovatsion ishlanma va texnologiyalar joriy etilishini ta'minlash;