Özbekiston Respublikasining elektron kiriş vizasi töğrisidagi nizomga özgartirişlar kiritildi, deb yozmoqda Norma.
Eslatib ötamiz, elektron viza e-visa.gov.uz portali orqali soddalaştirilgan va jadallaştirilgan tartibda rasmiylaştiriladi. Ayni paytda uni 75 ta davlat fuqarolari olişlari mumkin.
Elektron vizaning umumiy amal qiliş muddatiga (90 kun), viza egasi Özbekistonda bölişining çeklangan muddatiga (30 kungaça) özgartirişlar kiritilmadi. Biroq ilgari amal qilgan qoidaga köra, çet ellik fuqaro kirib kelgan paytida vizaning amal qiliş muddati tugaşiga 30 kundan kam qolgan bölsa, uning ana şu muddat davomida mamlakatimizda bölişiga ruxsat berilar edi. Mazkur çeklov bekor qilindi.
Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasida qayd etişlariça, uşbu yangilik bois turistlarning mamlakatda köproq muddat bölişiga imkon yaratildi. Haqiqatan ham şunday. 1 iyunda Özbekistonga kelgan Hindiston fuqarosi elektron vizasining amal qiliş muddati 20 iyunda tugaydi deylik. Avvalgi qoidaga amal qilinsa, u faqat 20 iyungaça bu yerda bölişi, söng respublikadan çiqib ketişi kerak bölardi. Kiritilgan tuzatiş tufayli u 30 iyungaça Özbekistonda bamaylixotir qolişi mumkin.
Mamlakatda böliş qoidalarini buzganlik uçun javobgarlikka tortiş töğrisidagi moddalarga (MJTKning 225-moddasi, JKning 224-moddasi) tuzatiş kiritiş juda muhim. Şu jumladan belgilangan böliş muddati tugagaç mamlakatdan çiqib ketişdan böyin tovlaş hollarida sanksiyalar qöllaniladi.
Hujjat 29.05.2019 yildan kuçga kirdi.
Elektron kiriş vizasining amal qilişi böyiça yangi tartib örnatildi
19:44 / 01.06.20199 9282 min

















