Davlat rahbarining Toşkent viloyatiga taşrifi arafasida Ohangaron tumanida «Building innovation» korxonasi qurib bitkazildi.

Korxonaga Germaniya, Avstriya, Gretsiya, Ispaniya va Yaponiyadan keltirilgan zamonaviy uskunalar örnatilgan. 

Prezident matbuot xizmati xabariga köra, korxona yiliga 112 million donadan ziyod pardozbop ğişt işlab çiqariş, 3 million dollarlik eksport qiliş quvvatiga ega. Energiya tejaydigan uskunalar qöllanilgani, xomaşyo tumanning özidan olinişi tufayli mahsulot narxi nisbatan arzon böladi. 250 nafar aholi iş bilan ta'minlanadi.

Korxona mahsulot hajmi va sifati böyiça Markaziy Osiyoda yetakçilikka da'vogarlik qilmoqda. Keyingi bosqiçda keramik bloklar, panellar işlab çiqariş rejalaştirilgan. 

Prezidentimiz korxona quvvatlari, mahsulot namunalarini közdan keçirdi. Korxona rahbariga quriliş materiallari turlarini köpaytiriş yuzasidan tavsiyalar berdi.

Şu yerda Toşkent viloyatida quriliş va töqimaçilik sanoatini rivojlantiriş, çarmni qayta işlaşga doir loyihalar taqdimoti ötkazildi.

Rossiyaning «Yevrosement grup» xoldingi bilan hamkorlikda Ohangaron sement zavodida amalga oşiriladigan loyiha şulardan biri. Qiymati 160 million dollarlik mazkur loyiha yiliga 17 million dollarlik mahsulot ekport qiliş, 200 ta iş örni yaratiş imkonini beradi.