Jahon | 15:45 / 03.06.2019
7875
1 daqiqa o‘qiladi

Pompeo AQSh Eron bilan yangi yadroviy kelishuv imzolashga tayyorligini bildirdi

Foto: EPA-EFE/JIM LO SCALZO

AQSh eron bilan yangi kelishuv imzolashga tayyor, dedi AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Rheinische Post gazetasiga bergan intervyusida.

"Biz Eron hech qachon atom quroliga ega bo‘lmasligiga kafolat beramiz. Agarda Eron tinchlikka tahdid soluvchi atom qurolini ishlab chiqarish uchun imkoniyatlar rivojlantirilmasligiga kafolat bersa, biz u bilan shartnoma tuzishga tayyormiz", - dedi Pompeo. 

Eron bilan tuzilgan 2015 yilgi shartnoma to‘g‘risida so‘zlarkan, u AQSh prezidenti Donald Trampning fikriga ko‘ra, bu shartnoma Eronning yadro quroliga ega bo‘lishiga imkon berishini aytdi.

Pompeoning fikricha, AQSh sanksiyalari Eronni o‘z siyosiy yo‘lini o‘zgartirish va muzokaralar stoliga o‘tirishga majbur qiladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid