Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi faoliyati davomida iste'molçilarda elektr energiyasi ta'minoti bilan boğliq köplab muammolar borligi aniqlanmoqda, deya xabar beradi qömita axborot xizmati.
Bulardan biri, elektr energiyasi ta'minoti korxonalari tomonidan özlariga yuklatilgan vazifalarni bajarmaslik, ya'ni elektr energiyasi hisoblagiçlarini sotib oliş, örnatiş va qiyoslaş bilan boğliq işlarni iste'molçining zimmasiga yuklaşdan iborat.
Misol uçun, Toşkent viloyati, Zangiota tumanida yaşovçi fuqaro A.I. tomonidan yangi qurilgan xonadonini elektr energiyasi tarmoğiga ulaş va hisoblagiç örnatib beriş böyiça elektr ta'minoti korxonasiga bir neça bor murojaat qilgan bölib, ta'minotçi iste'molçiga hisoblagiçni uning hisobidan sotib olgan taqdirda örnatib berilişi ma'lum qilingan.
Bugungi kunda elektr energiyasi hisoblagiçining örtaça narxi 400-450 ming sömni taşkil etadi.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalaniş tartibini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida maişiy iste'molçilarga elektr energiyasi hisoblagiçlarini sotib oliş, örnatiş, röyxatga oliş, davriy davlat qiyoslovidan ötkaziş va plombalaş, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mablağlari hisobidan amalga oşirilişi belgilangan.
Ötkazilgan örganiş natijasida iste'molçining qonuniy manfaatlari himoya qilinib, hisoblagiç elektr tarmoqlari korxonasi hisobidan örnatilişi hamda iste'molçining tarmoqqa ulanişi ta'minlandi.
Iste'molçilarning qonuniy huquqlaridan töliq xabardor emasligi, xizmat körsatuvçi taşkilotlar tomonidan yetarliça tarğibot-taşviqot işlari amalga oşirilmayotganligi natijasida joylarda bunday holatlar uçramoqda, deyiladi xabarda.
Agar, Siz mana şu kabi holatlarga duç kelsangiz yoki tabiiy monopoliya sub'yektlari tomonidan manfaatlaringiz kamsitilayotgan bölsa, Özbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasiga yoki uning hududiy boşqarmalariga belgilangan tartibda murojaat qilişingiz mumkin. Murojaat uçun telefon: (71) 207-47-00.

















