Özbekiston musulmonlari idorasi Ramazon hayitining (Iydul Fitr) birinçi kuni 5 iyun (Şavvol oyining 1-kuni), çorşanba kuniga töğri kelişi haqida qaror qabul qildi.

Şundan kelib çiqqan holda, 2019 yil 5 iyun, çorşanba kuni Ramazon hayiti namozi Toşkent şahrida soat 05:10da öqilişi e'lon qilindi.

Özbekistonning boşqa hududlarida namoz vaqti Toşkent şahri bilan oradagi tafovutdan kelib çiqqan holda belgilab qöyildi. Eslatib ötamiz, hayit namozi quyoş çiqqanidan 15-20 daqiqa ötgaç öqiladi.

Özbekistonda Ramazon hayitining vaqtlari
2019 yil, 5 iyun (çorşanba)
05:00 Andijon viloyati
05:30 Buxoro viloyati
05:20 Jizzax viloyati
05:30 Navoiy viloyati
05:00 Namangan viloyati
05:20 Samarqand viloyati
05:15 Sirdaryo viloyati
05:20 Surxondaryo viloyati
05:15 Toşkent viloyati
05:10 Toşkent şahri 
05:00 Farğona viloyati
05:45 Xorazm viloyati
05:25 Qaşqadaryo viloyati
05:50 Qoraqalpoğiston Respublikasi

Qayd qiliş joizki, Ramazon hayiti Islom dinining boşqa bayramlari kabi muayyan bir sanaga ega emas va hijriy taqvim asosida, yangi Oy körinişiga qarab belgilanadi.   

2019 yilda Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya, Ozarboyjon, Saudiya Arabistoni, BAA, Misr, Turkiya, AQŞ va Germaniyada Ramazon hayiti 4 iyun kuniga belgilangan.

Qozoğiston, Qirğiziston, Indoneziya, Malayziya, Xitoy, Avstraliya, Hindiston, Eron, Afğoniston, Angliya, Fransiya, Ispaniya, Argentina, Braziliya va Meksika musulmonlari hayitni xuddi Özbekiston kabi 5 iyun kuni nişonlaşadi.