Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» Luka Yovich transferini e'lon qildi
Foto: Javier García/BPI/Rex/Shutterstock
«Ayntraxt» hujumchisi Luka Yovich faoliyatini «Real»da davom ettiradi. Bu haqda har ikkala klub rasman ma'lum qildi.
21 yoshli serbiyalik to‘purar «qirollik klubi» bilan 2025 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnoma tuzgan. Tez orada u tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Transfer shartlari ayon qilinmadi, ammo avvalroq OAVda xarid qiymati 65-70 mln yevroni tashkil etishi xabar qilingandi.
Yovich oxirgi ikki mavsumni Frankfurtda o‘tkazdi. «Ayntraxt» joriy yil aprelida uning to‘la transfer huquqini «Benfika»dan sotib olgandi.
Luka Germaniyadagi ilk mavsumida mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi, shu sabab bilan ortda qolgan mavsumda Yevropa ligasida qatnashib, yarim finalgacha yetib bordi.
2018/19 mavsumida 8-raqam egasi barcha musobaqalar doirasida 48ta o‘yin o‘tkazib, 27+7 samaradorlik ko‘rsatkichiga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Real» mazkur haftada uchta transfer bo‘yicha ishlarni to‘la yakuniga yetkazishni ko‘zlayotgani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
17:03 / 19.05.2026
«Real»da inqiroz. O‘t o‘chirishga Joze kelmoqda
23:20 / 12.05.2026
Men ketmayman - «Real» prezidenti Florentino Peres shoshilinch matbuot anjumani o‘tkazdi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:47 / 08.05.2026