Özbekiston Milliy matbuot markazida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Şerzod Qudbiyev iştirokida “Özbekistonda mehnat sohasini yanada takomillaştiriş böyiça olib borilayotgan çora-tadbirlar va natijalar” mavzusiga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötmoqda.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, anjumanda Özbekiston mehnat bozorini isloh etiş böyiça sönggi ikki yil içida amalga oşirilayotgan islohotlar haqida axborot berilmoqda.

Şerzod Qudbiyevning aytişiça, Özbekistonda bandlikning tarkibiy holati yaxşi emas. 13,5 mln mehnat qilayotgan fuqarodan atigi 40 foizi rasman işlaydi, qolganlar esa norasmiy şaklda öz faoliyatini yuritadi.

“Bu mehnat qonunçiligidagi haq-huquqlaridan foydalaniş imkoni bermayapti. Bizga, qançalik aççiq bölmasin, şunday meros qoldi. 25 yilda şunday ahvolga tuşib qoldikki, hatto zamonaviy kombayn yoki traktorlarni boşqara oladiganlarni topiş qiyin bölyapti. 

Yana bir narsa, ötgan yillarda işsizlarga işsizlik nafaqasi qonunda belgilanganiga qaramay berilmagan. Bugungi kunda işsizlik nafaqasini 16 ming odam olyapti. Işsizlik nafaqasi oluvçilar ötgan yilga nisbatan 7 foizga köpaydi”, - dedi vazir.

Oçiq muloqot tarzida ötkazilayotgan matbuot anjumanida mehnat sohasidagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etiş çora-tadbirlari xususida fikr yuritilyapti. Şuningdek, mavzu doirasida OAV vakillari bilan savol-javoblar ötkazilmoqda.