Soğlom turmuş tarzi sohasi mutaxassislari vaqtlarning köp qismini odamlarni sport zaliga borişga işontirişga sarflaşadi. Biroq köpçilik fitnes zallarini yoqtirmaydi. Sportni xuşlamaydigan, biroq faol bölişni istaydiganlar qanday yöl tutişlari kerak?

Aniqlanişiça, boğdorçilik, raqs va toza havoda sayr qiliş ana şu masalada yordam berişi mumkin. Ana şu faoliyatlar, British Journal of Spors Medicine jurnalida e'lon qilingan yangi tadqiqot natijalariga köra, ölim xavfini kamaytirişi mumkin, deya xabar bermoqda facte.ru.
Tadqiqotda 88 140 nafar 40-85 yoşdagi amerikaliklar iştirok etişgan. Har bir qatnaşçiga qanday jismoniy faollik bilan şuğullanişi va buning uçun bir kun yoki haftada qança vaqt sarflaşini aytib beriş söralgan. Yuguriş, velosipedda uçiş yoki biror sport musobaqalarida iştirok etiş faol maşğulot vaqti sifatida tasniflangan bölsa, tez yurişdan tortib raqs va boğdorçilik kabilar yengil hamda mö'tadil jismoniy faollik sifatida aniqlangan.
Tadqiqotçilar uşbu kişilarni 12 yil mobaynida 2009 yilgaça kuzatişdi va natijada ular bilan nima yuz berganini aniqlaşdi. Ulardan qançasi saratondan vafot etdi? Neçta yurak kasalliklari kuzatildi? Neçta odam tirik qoldi?
Natijada ular jismoniy faollik turlari va uning vaqti haqida köplab ma'lumotlarga ega bölişdi. Tajriba davomida haftasiga köproq daqiqa davomida şuğullanadigan kişilarni hisobga olişdi. Odatda ular yoşroq erkaklar bölib çiqdi. Ular orasida oila qurganlar köp, çekuvçi va alkogol işqibozlari kamroq.
Tadqiqot iştirokçilarining köpçiligi sport bilan umuman şuğullanmagan. Ular nazorat guruhi sifatida olindi (surunkali kasalliklarga ega kişilar çiqarib yuborilgan). Ana şu odamlar bilan taqqoslanganida haftasiga 10 daqiqadan 59 daqiqagaça yengil jismoniy maşğulot bilan şuğullanganlarda jami ölim xavfi 19 foizga kamroq. 60 daqiqadan 149 daqiqagaça şuğullangan guruh esa xavfni 22 foizga kamaytirgan, 26 foizlik körsatkiç esa haftasiga 300-559 daqiqa şuğullanganlarda aniqlangan. Biroq mavjud faoliyat daqiqasini oşiriş ham foyda bergan: haftasiga 10-59 daqiqa davom etgan jadal maşqlar xavfni 26 foizga, har hafta taxminan 150 daqiqa şuğullanganlar esa maksimum 34 foizga kamaytirgan.
Ma'lumki, yurakning soğliği va jismoniy maşqlar bir-biri bilan uzviy boğliq. Bir haftada 150 daqiqa davomida yengil va mö'tadil jismoniy maşqlar yurak qon-tomir kasalliklari xavfini 31 foizga, 10 dan 59 daqiqagaça davom etganlari esa – 16 foizga, 15 daqiqalik faol maşqlar mazkur kasalliklar körsatkiçini 26 foizga kamaytirgan bölsa, 150 daqiqalik jadal maşqlar – 33 foizlik körsatkiçni namoyiş etgan.















