AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan muzokara ötkazişga tayyorligini, ammo Eronga harbiy zarba berilişi ham mumkinligini aytdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
«Harbiy operatsiya ötkaziş ehtimoli har doim bor. Buni istaymanmi? Yöq, istamagan bölardim. Ammo Eronga zarba beriş ehtimoli har doim mavjud», — dedi u.
Trampning sözlariga köra, u prezidentlikka saylangan vaqtda bu davlat «aşaddiy duşman» bölgan.
«Öşa vaqtda ular dunyodagi birinçi raqamli terrorçi davlat edi va ehtimol, hozir ham şundayligiça qolmoqda», — dedi AQŞ prezidenti.
Avvalroq AQŞ davlat kotibi Maykl Pompeo AQŞ Eron bilan yangi yadroviy kelişuv imzolaşga tayyorligini ma'lum qilgandi.












