Quyidagi 4 maslahat sizga ortiqcha mashaqqatlarsiz sog‘lom va samarali turmush tarziga erishishingizda asqotadi.

Erta uyquga ketish, sport bilan muntazam shug‘ullanish, to‘g‘ri ovqatlanish kabi foydali mashg‘ulotlarni kundalik odatlarimiz safiga qo‘shib olishimiz har doim ham oson kechavermasligi sizga tanish bo‘lsa kerak. Birinchi hafta odatda tartibli tarzda kechishi mumkin, chunki biz o‘zimizni qoidalarni buzmaslikka majbur qilamiz. Lekin vaqt o‘tishi bilan hammasi qiyinlashib boradi.

Ikki yoki uch haftadan so‘ng aksariyat yangi o‘rganuvchilar voz kechishadi.

Nima uchundir kundalik hayot tarzini xuddi shu qoidalar bilan yashab kelayotgan odamlarda qiyinchilik kuzatilmaydi. Hattoki ular har kungi chigalyozdi mashqlari, erta uyg‘onish va nonushtadagi mevali smuzilardan qaysidir ma'noda zavq olishadi. 

Aksariyat odamlar xulq-atvorni o‘zgartirish uchun misli ko‘rilmagan iroda kerak, degan fikrda. Agar kimdir tartibni ushlolmadimi, demak unda yetarli kuch yetishmaydi. Lekin aslida o‘z-o‘ziga qo‘yilgan talab aziyat beruvchi xususiyatga ega bo‘lmasligi kerak.

Sog‘lom va samarali bo‘lishning siri o‘z-o‘zini qiynashda emas, balki ko‘ngil xohlagan ish bilan mashg‘ul bo‘lishdadir.

Siz uchun quyida bosib o‘tishingiz kerak bo‘lgan zarur qadamlar sanab o‘tilgan.

1. Irodali bo‘lish haqida unuting

Tarixga nazar tashlasak, inson o‘zining rohatidan voz kechishi fazilat hisoblab kelingan. Rohiblar sukut saqlash haqida ont ichib, yillab hujralarga qamalib yashashgan, askarlar taxt egasining birinchi topshirig‘i yangrashi bilan o‘zlarini urush o‘chog‘iga otishgan. Bu xislatlar samaradorlik mavzusiga ham bog‘liq. Ko‘pchilikning tasdiqlashicha, o‘z-o‘ziga bo‘lgan qo‘yiladigan intizom ortidan azoblanish, his-tuyg‘ularga va xohishlarga berilmaslik yuqori o‘ringa chiqqan. Iroda tushunchasi ruhiy hislarga qorishib ketgan. Kimki o‘zini rohatdan mahrum qilishning ustidan chiqolmasa, u yomon odam deb hisoblangan.

O‘rta asrlarga taalluqli bu qarashning asl mohiyati shundaki, jamiyatni boshqarishda uning yordami tekkan. Odamlar oz bo‘lsa ham o‘zlarini nazoratda ushlashgan.

Lekin bizning davrimizga kelib «shaxsiy intizom = mashaqqat» g‘oyasi eskirdi va o‘zini yaxshilashga harakat qiluvchi har bir shaxsga faqat zarar keltiradi. U bizni istaklarimizni cheklash o‘rniga ularga erk bersak o‘zimizni juda yomon odam sifatida his qilishga majbur qiladi. Ko‘rinib turibdiki, buning ortidan shaxsning o‘ziga nisbatan nafrati kuchayib, noto‘g‘ri prinsiplarga mukkasidan ketish holati ro‘y beradi. Demak, iroda kuchi haqidagi g‘oyalar o‘z vazifasini bajarolmaydi, deb aytish o‘rinli.