Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poytaxt hokimligi Britaniya kompaniyasining «Yangi Toshkent» loyihasiga izoh berdi
Britaniya me'morchilik kompaniyasi Benoy o‘zining veb sahifasida Toshkent shahri bosh rejasining loyihasini e'lon qilgandi.
Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, bu haqida ko‘pchilik bir zumda o‘z fikrini bildirishga ulgurdi va hatto uni noto‘g‘ri qilingan, degan fikrlar ham uchragan.
Bildirilishicha, bu masalada Benoy faqat o‘z rejasini taqdim etdi. Bu masalada 3 ta kompaniyaning loyihalari ko‘rib chiqilmoqda, ularning orasida Benoy ham bor. Toshkent shahar hokimligini va shaharsozlik bo‘yicha mas'ul komissiya taqdim etilgan loyihalarni o‘rganib, eng ma'qulini tanlashi aytiladi.
“Do‘stlar, sizdan iltimos, yangiliklar va faktlarni kim nashr etayotganligidan qat'iy nazar (axborot sahifalari yoki mashhur blogerlar) ma'lumotlarning haqqoniyligini tekshiring. Hozircha yakuniy qaror va tasdiqlangan reja yo‘q. Qaror va rejalar tasdiqlansa, bu haqida rasmiy ravishda xabardor qilamiz”, - deyiladi Toshkent hokimligi xabarida.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026