Gaz hisoblagiçlarni ta'mirlaş faoliyati bilan şuğullanuvçi yakka tartibdagi tadbirkor F.R. Buxoro sinov va sertifikatlaştiriş markazi tomonidan 2014-2018 yillarda gaz hisoblagiç uskunalarini qiyoslov körigidan ötkazilganligini tasdiqlovçi hamda hisoblagiç körsatgiçlarini orqaga qaytarmaslik va boşqaça tarzda taşqaridan ta'sir etmaslikni ta'minlovçi plombalarda foydalanilgan muhrlariga öxşaş jami 16 xildagi muhrlarni qonunga xilof ravişda qölbola usulda tayyorlagan.
U uşbu muhrlarning qalbaki ekanligini bila turib, undan moddiy manfaatdorlik evaziga foydalanib kelganligi tezkor tadbirda aniqlangan.
Jumladan, Buxoro şahar, "Amirobod" köçasida yaşovçi fuqaro H.H.ning yaşaş uyida tabiiy gazdan bölgan 850 ming sömlik qarzdorligini kamaytiriş maqsadida, iste'molçining xonadonida örnatilgan "G-6" rusumli gaz hisoblaş uskunasining davlat plombasini buzib, 5471 m3 körsatgiçni 2000 m3ga orqaga qaytariş orqali 3471 m3 körsatgiçga özgartirib, özida mavjud bölgan davlat sinov va sertifikatlaştiriş markazining muhriga öxşaş qalbaki tayyorlagan muhri bilan plombalab, buning evaziga arizaçi M.Ş.dan kimyoviy işlov berilgan 200.000 söm naqd pullarni iste'molçi xonadonida olayotgan vaqtida uşlangan.
Majburiy ijro byurosining Buxoro şahar bölimi tomonidan 2019 yilning 10 may kuni Byuroning Buxoro şahar bölimi tomonidan fuqaro F.R.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 228-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatildi.

















