7 iyun kuni Seulda Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi hamda Özbekistonning Koreya Respublikasidagi elçixonasi vakillari Ji Eun xonim boşçiligidagi IRED investitsion kompaniyasi rahbariyati bilan uçraşişdi. Bu haqda qömita matbuot xizmati ma'lum qildi.
Kompaniya rahbari Ji Eun xonim Özbekiston iqtisodiyotning barça sohalarida rivojlaniş uçun kata salohiyatga ega ekani va Osiyo mamlakatlari Özbekiston bilan turli yönalişlarda hamkorlik qilişga tayyor ekanliklarini ta'kidlab ötdi. Xususan, Koreya tomoni Özbekistonning energetika va turizm sohalariga sarmoya kiritiş istagini bildirdi.
Şuningdek, IRED kompaniyasi vakillari bilan keçgan uçraşuvda Jizzax va Toşkent viloyatlarida golf-klublar qurilişiga doir loyihalar taklif etildi.
Muzokaralar yakunlariga köra, tomonlar örtasida anglaşuv memorandumi imzolandi. Şuningdek, IRED kompaniyasi bilan Çirçiq daryosi böyida rivojlangan infratuzilmaga (mehmon uylari, futbol maydoni, kinoteatr, restoran va h.k.) ega dam oliş zonasini yaratişning şart-şaroitlari muhokama qilindi. Loyihada 10 million AQŞ dollari qiymatidagi investitsiya kiritilişi közda tutiladi.













