O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Tadbirkorlik sub'yektlarini tugatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan e'lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Davlat soliq qo‘mitasi va Adliya vazirligining 2020 yil 1 yanvardan boshlab:
moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish bo‘yicha doimiy ishlovchi maxsus hududiy komissiyalarni tugatish;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e'tiboran bir yil ichida ustav fondi ta'sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirilmaganligi uchun tadbirkorlik sub'yektlarini tugatish tartibini bekor qilish;
davlat organlari o‘rtasida elektron axborot almashinuvini joriy etish orqali tadbirkorlik sub'yektlarini tugatish jarayonidagi ortiqcha hujjatlar va tartib-taomillarni qisqartirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.
2020 yil 1 yanvardan boshlab shunday tartib joriy etiladiki, unga muvofiq:
a) tadbirkorlik sub'yektlari – yuridik shaxslarni(keyingi o‘rinlarda – korxonalar) ixtiyoriy tugatishda:
bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda korxonaning tugatilishi to‘g‘risida e'lonlar berish talab etilmaydi, bunda tegishli ma'lumotlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning rasmiy saytiga joylashtiriladi;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan hamda soliq qarzi mavjud bo‘lmagan korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyati tekshirilmaydi;
davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkaziladigan, tugatiladigan korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishning eng uzoq davriyligi uch yilni tashkil etadi;
moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish uchun vakolatli davlat organlaridan korxona to‘g‘risidagi mavjud ma'lumotlarni olish Tadbirkorlik sub'yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali amalga oshiriladi;

















