Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy "Sluga naroda" partiyasi mamlakatda yangi hokimiyat tizimini örnatişga va eskisini "nokaut qiliş" uçun yordamlaşişiga işonç bildirdi.

Yakşanba kuni Kiyevda "Sluga naroda" partiyasining s'yezdi bölib ötdi, unda partiya dasturi tasdiqlandi.

"Sluga naroda" — bu brend emas, bu bizning Ukrainada boşqa tizim örnatişga yordam beradigan dunyoqaraşimiz. Bu birinçi raund xolos. Tizim hozirça nokdaun holatida, biz nokautni taklif qilamiz. Buni birgalikda amalga oşiramiz", - dedi Zelenskiy.

U şuningdek, oliy radaning keyingi çaqiruvida deputatlik daxsizligi bekor qilinişiga işonç bildirdi.