Hukumat qarori bilan Oliy ta'lim muassasalariga öqişga kiriş uçun hujjatlarni qabul qiliş böyiça davlat xizmatlarini körsatişning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi.
Unga muvofiq, abituriyentlar ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan oliy ta'lim muassasalariga Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali hujjat topşirişi mumkin. Uşbu oliy öquv yurtlari röyxati haqida 5 kunlik muddatda taklif Davlat komissiyasiga kiritilişi lozim.
Davlat xizmatlari markazlari tomonidan hujjatlar 15 iyundan 15 iyulgaça abituriyentlarning doimiy röyxatda turgan joyidan qat'i nazar qabul qilinadi. Boşqa oliy öquv yurtlariga hujjatlar oliy ta'lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 15 iyundan 15 iyulgaça qabul qilinadi.
Xuşnudbek Xudayberdiyev öz Telegram-kanalida Özbekistonda qabul kvotalari qaçon e'lon qilinişi böyiça savolni örtaga taşladi.
«Kelasi haftadan, ya'ni 15 iyundan boşlab, butun respublika böylab OTMlarga qabul jarayonlari boşlanişi kerak.
Ammo şunday bölsa-da, joriy yilgi qabul kvotalari hozirça tasdiqlanmadi. Vaholanki, qaysi OTM qaysi yönalişga neçta talaba qabul qilişi aniq bölmasdan turib, qabul jarayonlari boşlanmasligini köpçilik bilmasa kerak. Ya'ni mabodo qabul kvotalari öz vaqtida tasdiqlanmasa, unda 15 iyun kelgan bölsa ham, abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinmaydi, qaror çiqqungaça kutiladi.
1998 yildan buyon tahlil qilib körsak, bunday holat 4 marta röy bergan. 2004, 2011, 2014 va 2015 yillarda qabul kvotalari keç tasdiqlangan va şu sababli qabul jarayonlari qonunçilikda belgilangan muddatlardan keçikib boşlangan.
Eng rekord darajada keç tasdiqlangan qabul kvotalari 2011 yilda kuzatilgan. Öşanda tegişli qaror Prezident tomonidan 4 iyul kuni imzolangan hamda 20 iyunda boşlanişi kerak bölgan qabul jarayonlariga 2 hafta keçikib start berilgan.
Aytgança, ötgan yili ham bitta OTM uçun qabul jarayonining keçikib boşlaniş holati kuzatildi. Aniqroği Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining qabul kvotalari qolgan OTMlarnikidan keçroq – 21 iyun kuni tasdiqlandi va uşbu OTMda qabul qonunçilikda belgilangandan 1 hafta keçikib boşlandi.
Joriy yilgi qabul kvotalari qaçon tasdiqlanişi hozirça ma'lum emas», deyiladi xabarda.

















