Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent aeroporti noqonuniy taksichilardan tozalandi: 40dan ortiq avtomobil jarima maydoniga olib kirildi
Foto: KUN.UZ
Toshkent shahar IIBB poytaxt xalqaro aeroportidan chiqishda o‘z xizmatlarini taklif qilayotgan va amaldagidan qariyb uch baravar ko‘p haq so‘rayotgan noqonuniy taksichilar bilan bog‘liq vaziyatni o‘z nazoratiga olganligini bildirdi.
IIBBning bildirishicha, soliq idoralari hamda Avtomobil va daryo transporti agentligi vakillari bilan hamkorlikda aeroportning avtotransport vositalari uchun ajratilgan hududida litsenziyasiz faoliyat olib borayotgan taksi haydovchilarini aniqlash bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilmoqda.
«Birgina 17 maydan 1 iyungacha bo‘lgan muddat ichida 50 nafar ana shunday xususiy taksi haydovchisi aniqlandi. Ularning 24 nafari Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi asosida javobgarlikka tortildi, qolgan 26 nafar taksichi bilan tushuntirish ishlari olib borildi, 42 ta avtomobil jarima maydoniga joylashtirildi», - deyiladi IIBB matbuot xizmati xabarida.
Ammo poytaxt IIBBga kelib tushayotgan ma'lumotlarga qaraganda, noqonuniy taksichilar huquq-tartibot idoralarini aldashning turli yo‘llarini o‘ylab topmoqda. Masalan, taksichilik qilmasligini, balki do‘sti yo qarindoshini kutayotganini aytishi mumkin. Yoki aeroportdan chiqishga o‘ziga qarashli odamni yuborib, o‘zlari bir chetda mashinasida kutib turishi mumkin.
IIBB yo‘lovchilardan poytaxt xalqaro aeroportiga uchib kelganda o‘z xizmatlarini majburan taklif qilayotgan taksichilar haqida xabar berish, iloji bo‘lsa, ularni suratga tushirishni so‘ragan.
Mavzuga oid
19:43 / 15.11.2025
Andijonda zargarlik buyumlarini ichki a’zolariga yashirib olib kirmoqchi bo‘lgan ayollar qo‘lga tushdi
11:37 / 13.11.2025
Toshkent aeroporti: shirinlik qadoqlaridan 322 dona dori chiqdi
18:36 / 12.11.2025
Toshkent xalqaro aeroporti uchib kelish zalida E-Gate tizimi ishga tushirildi
19:21 / 10.11.2025