Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV boshqarma boshlig‘i: «Toshkent shahriga propiskaga o‘tib olish «lazeyka» bo‘lib qoldi»

10 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Ichki ishlar vazirligi mutasaddilari ishtirokida intervyu va jurnalistlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Unda fuqarolarning ko‘pchilik bo‘lib, birlamchi bozordan uy sotib olayotgani, shu tariqa Toshkent shahrida propiskaga ega bo‘layotgani va bu holatni qanday baholash mumkinligi haqida savol berildi.
«Sodda tilda tushuntiradigan bo‘lsak: viloyatlardan to‘rtta yoki uchta fuqaro o‘zaro kelishib, Toshkent shahrida bir xonali kvartira olib, shu to‘rt kishi o‘sha kvartiraga propiskadan o‘tishmoqchi. O‘tishdi ham.
Ko‘p bahsli holatlar aynan propiskadan o‘tish jarayonida yuzaga kelmoqda. Toshkent shahriga propiskaga o‘tvolish, qo‘pol qilib aytganda, «lazeyka» bo‘lib qoldi. Lekin, shunga qaramasdan, ko‘pchilik fuqarolar sudga murojaat qilishyapti. Sud qaror chiqargandan keyin bizning xodimlar fuqarolarni propiska qilyapti. Hozir sud yordamida ko‘p muammolar hal bo‘lyapti, sud orqali propiskaga o‘tishyapti. Bu masalani yuqori tashkilotlarga ma'lumot tariqasida kiritdik, bu borada bizga aniq yo‘nalish berishlarini iltimos qildik», deydi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Badriddin Shorixsiyev.
Tavsiya etamiz
Binyamin Netanyahu «yaroqsiz» ovqatdan zaharlandi
Jahon | 08:11 / 21.07.2025
Ilhom Aliyev Ukrainani hech qanaqasiga «okkupatsiyaga rozi bo‘lmaslik»ka chaqirdi
Jahon | 20:19 / 20.07.2025
Saudiyada 20 yil komada yotgan shahzoda vafot etdi
Jahon | 13:47 / 20.07.2025
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maktabdagi so‘nggi 6 yillik o‘rtacha baholar test sinovi baliga qo‘shilmaydigan bo‘ldi
Ta’lim | 10:01
-
“Uzbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025 yilning I yarim yilligi yakunlarini e’lon qildi
O‘zbekiston | 10:00
-
Rossiya muzokaralar raundi arafasida Odessa va Sumiga zarba berdi
Jahon | 09:36
-
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27
Mavzuga oid

10:00 / 13.07.2025
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti

21:33 / 12.07.2025
Rasman: Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinmoqda

19:00 / 07.07.2025
Vaqtinchalik ro‘yxatda turgan fuqarolarning farzandlarini maktabga qabul qilishda cheklovlar mavjud emas – MMTV

09:15 / 15.06.2025