Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Suriyadagi O‘zbekiston fuqarolarining soni haqida aniq ma'lumotga ega emasligini bildirdi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi internet tarmog‘ida tarqalgan ayrim fikrlarga nisbatan o‘z munosabatini bildirdi.
“Avval muborak Ramazon oyida muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan ulkan ahamiyatga ega bo‘lgan insonparvarlik tadbiri amalga oshirilgani, ya'ni 156 nafar vatandoshimiz Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidan yurtimizga qaytarilgani haqida xabar qilingan edi. Hech shubhasiz, bu ish bilib-bilmay noto‘g‘ri yo‘lga kirgan insonlarni kechirish, ularni oilasi bag‘riga, to‘laqonli hayotga qaytarishga qaratilgan tarixiy voqea ekani haqida ommaviy axborot vositalarida ko‘plab ijobiy fikr-mulohazalar bildirildi”, deyiladi idora matbuot xabarnomasida.
Qayd etilishicha, so‘nggi kunlarda internet tarmog‘idagi ayrim manbalarda O‘zbekistondagi MY5 nodavlat telekanalida 4 iyun kuni efirga uzatilgan ko‘rsatuvda berilgan lavhalarga asoslangan holda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovning yuqoridagi jarayon bilan bog‘liq fikrlari tarqatilmoqda.
Idoraning bildirishicha, qayd etilgan ko‘rsatuvda muftiy Usmonxon Alimovning Toshkent shahridagi masjidlarning birida qilgan ma'ruzalaridan parcha keltirilgan.
“Ta'kidlash joizki, ushbu ma'ruzada Mustaqil Hamdo‘stlik Davlatlari tashkilotiga mansub mamlakatlar va ularga tutash hududlardan mutaassib shaxslarning ta'siri ostida Suriyaga borib qolgan shaxslar, ularning oila-a'zolari va yaqinlari haqida umumiy ma'lumot berilgan edi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi hozirgi kunda Suriya hududidagi O‘zbekiston fuqarolarining soni haqida aniq ma'lumotga ega emas”, deyiladi xabarnomada.
Ma'lum qilinishicha, yuqoridagi ma'ruzada muftiy hazratlari tomonidan Suriyadan yaqinlarining qistovi, zo‘ravonligi yoki aldovi bilan borib qolgan toifaga mansub fuqarolarni qaytarish bo‘yicha harakat qilinadi, degan mazmunda fikr aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan, 156 nafar vatandoshimiz, asosan ayollar va bolalar Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidan 30 may kuni maxsus aviareysda Toshkent shahriga olib kelindi .
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026