Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq imtiyozi tatbiq etilmaydigan import dorilar soni ko‘payishi mumkin
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining «Tayyor dori vositalari importni tartibga solish to‘g‘risida»gi qaroriga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi yangi qaror loyihasi e'lon qilindi. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida muhokamaga qo‘yildi.
«Tayyor dori vositalari va tibbiy maqsadlardagi buyumlar importini tartibga solish bilan bog‘liq O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi hukumat qaror loyihasida « import qilishda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 211-moddasi 6 bandida ko‘zda tutilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar tatbiq etilmaydigan dori vositalari va tibbiy maqsadlardagi buyumlar ro‘yxati» yangi tahrirda taqdim etildi.
Shunday qilib, amaldagi ro‘yxat bo‘yicha taqdim etilgan QQSga tortiladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar soni ortmoqda. Xususan, 68ta dori vositasini 104taga yetkazish nazarda tutilgan.
Qaror loyihasi qabul qilinsa, u rasman e'lon qilingandan 3 oy o‘tib kuchga kiradi.
Mavzuga oid
11:35 / 10.06.2026
Qariyb 900 mln so‘mlik sifatsiz va hujjatsiz dorilar aniqlandi
08:15 / 04.06.2026
2030-yillarda yangi tish o‘stiruvchi dori bozorga chiqishi mumkin
17:11 / 19.05.2026
Andijonda qo‘lbola tarzda dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi
21:30 / 24.04.2026