12 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi mutasaddilari iştirokida «Qöşimça qiymat soliği va boşqa yangi soliqlar implementatsiyasi doirasida amalga oşirilayotgan islohotlarning mazmuni va mohiyati» mavzusida brifing va jurnalistlar bilan oçiq muloqot bölib ötdi.

Muloqotda internetdagi maxsus sahifalar va Instagram, Telegram, Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlarda reklama e'lonlarini joylaştiriş orqali daromad oliş va bundan soliq tölanişi şart yoki şart emasligi haqida savol berildi.

«Daromad olişga yönaltirilgan har qanday faoliyat turi tadbirkorlik hisoblanadi. Qanday yöl bilan daromad topişingizning ahamiyati yöq. Davlat röyxatidan ötişingiz şart. Agar siz daromad topiş faoliyati bilan şuğullanayotgan bölsangiz, yo yakka tartibdagi tadbirkor sifatida yo yuridik şaxs sifatida albatta davlat röyxatidan ötgan bölişingiz kerak», — dedi Davlat soliq qömitasi Matbuot xizmati vakili Muzaffar-Yusuf Nazarov.

Soliq organi vakillari blogerlarning ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar, şaxsiy sahifalarda reklama joylaşi va şu yöl bilan daromad orttirişiga «noqonuniy faoliyat» deya ta'rif berişdi.

«Töğri, qonunda blogerlik degan tuşunça yöq. Blogerlik faoliyat turi emas, bunga qonunçilikda ta'rif berilmagan. Lekin siz kimdandir pul olib, xizmat körsatayapsiz-ku. Bu xizmat körsatiş evaziga haq oliş hisoblanadi. Va xizmat körsatiş bilan boğliq holat sifatida qayd etiladi. Qonunda blogerlik tuşunçasi mavjud bölmasa-da, xizmat körsatiş degan tuşunça bor», — dedi Davlat soliq qömitasi boşqarma boşliği Aydos Qoşanov.

Davlat soliq qömitasi boşqarma boşliği Ahmadjon Suyunov ijtimoiy tarmoqda reklama joylab pul topayotgan blogerlar patent, ya'ni yakka tartibdagi tadbirkorni davlat röyxatidan ötkaziş töğrisida guvohnoma olişi kerakligini ta'kidladi.

Muloqotda qayd etilişiça, yangi tahrirdagi Soliq kodeksida elektron tijorat sohasida soliqlarning joriy etilişi közda tutilgan. Yaqin kunlarda jamoatçilik muhokamasiga qöyiladi.

Kun.uz jurnalisti uşbu masaladagi öz suriştiruvida ijtimoiy tarmoqlarda reklama tarqatuvçi maşhurlarning akkauntlarini tahlil etib, reklama mazmunidagi axborot mavjud qonunga muvofiq tarqatilmasligini ta'kidlagandi.