Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasi tayyor. U 2020 yildan kuchga kirishi kutilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahrirdagi loyihasi tayyorlangan va u jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishi kutilmoqda. Kodeks loyihasi belgilangan tartibda qabul qilinib, tasdiqlansa, u 2020 yil 1 yanvardan kuchga kirishi nazarda tutilgan, deydi Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Aziz Umirzoqov.
«Kuzgacha, aniqrog‘i shu yoz oylarida yangi tahrirdagi kodeks loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi. Unda qishloq xo‘jaligi soha vakillarini ham QQSga tortish masalasi ko‘rib chiqilgan, bu masala aynan qanday yechim topishi bo‘yicha yakdil qaror yo‘q, ammo tashabbus ko‘rsatilgan», — deydi u.
Eslatib o‘tamiz, soliq siyosatini rivojlantirish bo‘yicha konsepsiya 2018 yil iyunda qabul qilingandi va yangi tahrirdagi Soliq kodeksi 2019 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kirishi ta'kidlangandi.
Mavzuga oid
20:56 / 28.05.2025
Elektron soliq hujjatlarini Face-ID yoki barmoq izi yordamida ham tasdiqlash mumkin bo‘ladi
14:26 / 29.04.2025
Soliq kodeksiga tadbirkorlarni qo‘llashga qaratilgan qo‘shimchalar kiritilmoqda
13:26 / 30.03.2024
Senatorlar turizmni rivojlantirishga va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan qonunni ma’qulladi
07:24 / 13.04.2022