Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng qimmat futbolchilari ro‘yxati e'lon qilindi
Foto: Catherine Ivill/Getty Images
CIES Football Observatory tadqiqot markazi jahonning eng qimmat 100 nafar futbolchisi reytingini e'lon qildi.
Birinchi o‘rinda Kilian Mbappe qayd etilgan bo‘lib, uning transfer qiymati 252,2 mln yevro deb ko‘rsatilgan.
Ikkinchi pog‘onadan 219,6 mln yevroga baholangan Muhammad Saloh joy olgan. Uchlikni esa boshqa bir hujumchi Rahim Sterling yakunlab beradi, uning narxi – 207,9 mln yevro.
Besh karra «Oltin to‘p» sohiblari – Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu mos ravishda 4- va 20-o‘rinlarda qayd etilgan.
CIES Football Observatory talqiniga ko‘ra, futbolchilarning transferlar narxlari:
1. Kilian Mbappe («PSJ») – € 252,2 mln
2. Muhammad Saloh («Liverpul») – 219,6
3. Rahim Sterling («Manchester Siti») – 207,9
4. Lionel Messi («Barselona») – 167,4
5. Jyeydon Sancho («Borussiya» D) – 159,4
6. Sadio Mane («Liverpul») – 157,8
7. Harri Keyn («Tottenhem») – 155,2
8. Roberto Firmino («Liverpul») – 144,2
9. Antuan Grizmann («Atletiko») – 143,8
10. Leroy Sane («Manchester Siti») – 137,1
20. Krishtianu Ronaldu («Yuventus») – 118,1.

Mavzuga oid
07:19 / 03.02.2026
Eng aqlli davlatlar reytingi: IQ bo‘yicha top-10 mamlakat
20:47 / 30.01.2026
O‘zbekiston mazali taomga ega davlatlar reytingidan tushib ketdi
16:58 / 26.01.2026
Ingliz tili savodxonligi reytingi. O‘zbekiston nechinchi o‘rinda?
07:37 / 22.01.2026