Samarqand viloyati Oqdaryo tumani hokimi Feruz Abilovning Captiva rusumli xizmat avtomobiliga «migalka» örnatilgani uçun jarima belgilandi.

«Samarqand viloyatining Oqdaryo tumani hokimi Feruz Abilovning davlat raqami 30 330 SAA bölgan Captiva rusumli xizmat avtomobili old qismiga özboşimçalik bilan «migalka» (stroboskop) örnatilgani aniqlandi.

Holat yuzasidan çora köriş böyiça tuman IIB YHXB Oqdaryo tuman bölimi boşliği katta inspektor leytenant N.Ibragimovga murojaat etildi. Ma'muriy huquqbuzarlik amaldor — tuman hokimining xizmat avtomobili bilan boğliq ekanligi uçun turli bahonalar bilan inkor qilinişiga harakat sezildi.

Şundan söng uşbu holat Samarqand viloyat IIB YHXB boşqarmasida muhokama qilindi va boşqarma rahbariyati aralaşuvi natijasida huquqbuzarlik yuzasidan ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirildi», deyiladi ÖzA xabarida.