Bugun, 5 avgust kuni Samarqand viloyati hokimligida bölib ötgan yiğilişda viloyat hokimligi tuzilmasida tayinlovlar amalga oşirildi.

Hokimlik matbuot xizmatiga köra, Şerbek Böronov Samarqand viloyati hokimining moliya – iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari – iqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlandi.

Şerbek Böronov

Mutaxassisligi iqtisodçi bölgan Şerbek Böronov avvalgi çaqiriqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasining deputati edi, 2024 yil iyulidan buyon Narpay tumani hokimi vazifasida faoliyat körsatib kelayotgandi.

U hokim örinbosari lavozimida 2023 yil aprelidan buyon işlagan Feruz Abilovning örnini egalladi.

Navröz Rahmonov Samarqand viloyati hokimining quriliş, tösiqlarsiz muhit yaratiş, kommunikatsiyalar, kommunal xöjalik, ekologiya va kökalamzorlaştiriş masalalari böyiça örinbosari vazifasiga tayinlandi.

Navröz Rahmonov

Rahmonov bungaça viloyat hokimi örinbosari kotibiyati mudiri edi.

U hokimning quriliş masalalari böyiça örinbosari lavozimida 2019 yil yanvaridan buyon işlab kelgan Akmal Şukurov örnida iş boşladi.

Botir Jabborov Samarqand viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari – Qişloq xöjaligi boşqarmasi boşliği lavozimida iş boşladi.

Botir Jabborov