13 iyun kuni Ummon körfazida ikkita neft tankeri falokat signalini yölladi, kemalar rahbariyati tankerlar şikastlanganini ma'lum qildi. Mahalliy naşrlar xabariga köra, tankerlarga hujum uyuştirilgan.
«Saudiya Arabistonidan Singapurga qarab yölga çiqqan neft tankeri noma'lum tomon hujumi oqibatida şikastlangan», deyiladi kema rahbariyati xabarida.
Singapurdagi BSM Ship Management kompaniyasi vakili bergan ma'lumotlarga köra, Tayvanning SRS nomli energetik kompaniyasi tomonidan yollangan, Norvegiya bayroği ostida harakatlanayotgan Front Altair tankeri torpedo hujumiga uçragan va kemada yonğin çiqqan, kema çökişni boşlagan. Şuningdek, Panama bayroği ilingan Kokuka Courageous tankeri ham hujumga uçragan. Ikkinçi kemada çökib ketiş xavfi yöq.
Arab naşrlari xabarlariga köra, hujumga yöliqqan kemalardan barça dengizçilar - jami 44 kişi Eron sohilböyi xizmati tomonidan qutqarilib, evakuatsiya qilingan.

Bu xabarlar ortidan neft narxi kötarila boşladi.
Londondagi ICE Futures birjasida Brent markasidagi neft narxi 1,8 dollarga kötarildi (3 foiz) va bir barrel uçun narx 61,77 dollarga yetdi.
Bu birinçi hujum emas

Şu yilning 12 mayida BAA qirğoqlari yaqinida 4ta neft tankeriga (BAA, Saudiya Arabistoni va Norvegiya) hujum uyuştirilgandi. Öşanda BAA vakili bu hujum ortida «boşqa bir davlat» turganini iddao qilgandi.
BAA hisobotiga köra, 12 may kungi hujum juda yaxşi rejalaştirilgan va muvofiqlaştirilgan holda amalga oşirilgandi.
AQŞ bu hujumda Eronni ayblagan, ammo rasmiy Tehron bu hujumga aloqadorligini rad etib, jahon hamjamiyatini bu hodisani sinçiklab örganişga çaqirgandi.

















