Venetsiyadagi gondolerlar (gondola) eshkakchisi oddiy haydovchi emas, oliy kasta vakilidir. Gondola esa odatiy harakatlanish vositasidan asosiy sayyohlik attraksioni va mahalliy «obida»ga aylangan. Sayyohlar suvdagi romantik sayohat uchun katta pul to‘lashga tayyorlar.
Biz esa gondolerlarning hayoti qanday ekanligi va nima uchun Venetsiya qayig‘ida suzish arzon emasligiga oydinlik kiritishga harakat qildik.

Gondolerlar qayerda o‘qitiladi?
Maktabga kichik yoshdagi venetsiyaliklar 6 yoshdan borishadi. 14 yoshdan 19 yoshgacha yo‘nalishni tanlab, yuqori maktabda o‘qishni davom ettiradilar. Gondola va suv transportini boshqarishni o‘rgatadigan maktablar mashhur. Bunday maktablarda o‘qish obro‘li, shuning uchun ham arzon emas –yiliga taxminan 4 ming yevro. Oddiy darslardan tashqari jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha darslar ko‘p. Mashg‘ulotlarning katta qismi – amaliyot – maktab o‘quvchilari Venetsiyaning tor kanallarida mashq qiladilar.
Gondoler–ayol
Maktabda bo‘lajak gondolerlar orasida o‘quvchi qizlar oz emas. Biroq ulardan bir nechasigina imtihon topshirish va o‘z kasbi bo‘yicha ishlashga muvaffaq bo‘ladi. Gondolerlar assotsiatsiyasi bu ayollar ishi emasligiga ishonadi. Venetsiyada eshkakchi ayollar soni bor-yo‘g‘i uch nafar. 2009 yilda 900 yilda ilk marotaba Jorjiya Boskolo ayol jinsiga mansub sertifikatga ega kemachiga aylandi. Sohaga bo‘lgan muhabbat unga otasidan meros.
Eng janjalkash gondoler-ayol – Aleksandra Xay. U uzoq vaqt davomida litsenziyasiz ishlagan va faqat sud orqaligina ishlash huquqiga ega bo‘lgan.
Qancha pul ishlab topishadi?
Kasbga bo‘lgan qiziqishning yuqoriligi gondolerlarga daromad keltiradi. Ular shaharda hammadan ko‘p pul ishlaydilar – oyiga o‘rtacha 12 500 yevro. Taqqoslash uchun: suv taksichisi 3 500 yevroga yaqin, santexnika ustasi – 1 500, politsiyachi – 2 500, qahvaxona egasi – 4000 yevro oladi.
Mahalliy aholi gondolerlarni surbet deb hisoblaydi. Ehtimol ularning serdaromad ishlariga hasad bilan qarashgani uchundir.



















