15:47 / 14.06.2019
13784

ShHT davlatlari Orol dengizining qurishi oqibatlaridan tashvish bildirdi

Foto: CC0 / Staecker

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari Orol dengizining qurishi oqibatlaridan tashvish bildirishdi.

Sammitning yakuniy deklaratsiyasida qayd etilishicha, ShHT davlatlari suv resurslarini oqilona rivojlantirish va samarali boshqarishni muhim va dolzarb deb hisoblaydi.

"Ular Orol dengizining qurib borishi davom etayotgani keng miqyosdagi oqibatlarga olib kelishidan tashvish bildirishdi va bu muammoni yechishda BMT, manfaatdor mamlakatlar va tuzilmalar bilan hamkorlikni faollashtirish muhim ekanligini e'tirof etishdi", - deyiladi deklaratsiyada.

Avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkekda BMT Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Rozmeri DiKarlo bilan uchrashuvda Orol fojiasi oqibatlarini, jumladan, BMT shafeligidagi Orolbo‘yi mintaqasi uchun ko‘p sheriklik Trast fondi doirasida bartaraf etish bo‘yicha faol sa'y-harakatlarni davom ettirish masalalarini muhokama qilgandi.

Top