Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sog‘liqni saqlash vazirligi Nishondagi tug‘ruqxona koridorida yotgan ayollar yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi
13 iyun kuni Kun.uz'da «Nishon shifoxonasidagi manzara: aslida nima bo‘lgandi?» sarlavhasi bilan xabar e'lon qilingandi. Unda Nishon tumani markaziy shifoxonasining tug‘ruqqacha bo‘lgan davolanish bo‘limida ayollar koridorda yotgani, bitta palataga 8-9 nafardan ayol joylashtirilgani yozilgandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi bu borada rasmiy ma'lumot berdi. Vazirlikning Kun.uz'ga taqdim etgan bayonotida aytilishicha, Nishon tumani markaziy shifoxonasining xomiladorlar patologiyasi va ginekologiya bo‘limlarida yo‘lakda yotib davolanayotgan bemorlar aniqlanmagan. Bemorlar o‘rinlariga joylashuviga qadar o‘zlari va qarindoshlari yerga joy to‘shab yotib olishgan.
Bayonotda Nishon tuman kasalxonasining tug‘ruq majmuasida zamonaviy sharoitlar yaratilgani alohida ta'kidlangan.
«Bunday jiddiy kamchilikka yo‘l qo‘ygani, o‘z ishiga sovuqqonlik bilan qaragani va bo‘limda nazoratni susaytirgani uchun tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha o‘rinbosari M.Halilova, tug‘ruq majmuasi mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchi N.Sazanbayevalar vazifasidan ozod etildi.
Homiladorlar patologiyasi bo‘limi vrachi B.Esanovaga esa intizomiy jazo qo‘llanilib, o‘rtacha ish haqining 30 foizi miqdorida jarimaga tortildi.
Shifoxonada qat'iy nazorat o‘rnatmagani, bunday muammolarning oldini olish bo‘yicha o‘z vaqtida zarur chora ko‘rmagani uchun tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Yo.Shonazarov ogohlantirildi»,- deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Kun.uz'ga ma'lum qilgan bayonotida.
Mavzuga oid
08:32 / 21.04.2026
Ishchi viza va’dasi bilan minglab dollar talab qilganlar ushlandi
15:53 / 18.04.2026
Qizg‘aldoqzorni payhon qilganlar 62 mln so‘m jarimaga tortildi
08:53 / 03.04.2026
80 mln so‘m talab qilgan bozor rahbari ushlandi
11:44 / 28.02.2026