Ummon körfazida tankerlarga qarşi sodir etilgan hujum uçun javobgarlik Eronning Islom inqilobi soqçilari korpusi zimmasida yotadi. Bu haqda Britaniya taşqi işlar vazirligi bayonotida aytilgan.  

“Davlat tomonidan qöllab-quvvatlanadigan yoki yöq, boşqa heç kim buning uçun javobgar emas. Eron uşbu hujum uçun javobgarligiga işonçimiz komil”, deb aytilgan bayonotda.

Vazirlik rahbari Jyeremi Xant 13 iyunda sodir etilgan hujumlarni qoralagan. “Bu oxirgi hujumlar Eronning barqarorsizlantiruvçi xatti-harakati modeliga asoslangan va mintaqa uçun jiddiy xavf soladi”, deb aytgan Xant.

Uning ta'kidlaşiça, uşbu hodisa fuqarolik kemaçiligi xalqaro me'yorlarini buzadi.

“Tanker va ekipajlar xalqaro suvlar orqali xavfsiz öta olişi muhimdir. Biz Eronni barça barqarorsizlantiruvçi harakatlarni töxtatişga çaqiramiz”, deb ta'kidlab ötgan Britaniya taşqi işlar vaziri.

13 iyunda Ummon körfazida ikkita tanker – Kokuka Courageous va Front Altair’da portlaşlar yuz bergan. Portlaşlardan keyin tankerlarga öt ketgan.

Vaşington uşbu hodisada Eronni ayblagan. AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeoning ta'kidlaşiça, Tehronning uşbu hujumga aloqadorligidan kemadagi şikastlar darak beradi. Eron esa bu ayblovlarni rad etmoqda.