O‘zbekiston | 16:20 / 15.06.2019
18359
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident Dushanbeda Erdo‘g‘an bilan muzokara o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti doirasida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan muzokara o‘tkazdi.

Dushanbe shahridagi sammit doirasida kechgan uchrashuvda O‘zbekiston-Turkiya ko‘p qirrali sherikligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Amaliy hamkorlikning ustuvor loyihalarini ilgari surish borasidagi faol sa'y-harakatlarni davom ettirishga kelishib olindi.

 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid