Yozgi transferlar darchasi doirasida muzokaralar davom etmoqda. Ayrim klublar o‘zining asosiy xaridlarini amalga oshirib bo‘lishdi, ayrimlari esa hali to‘xtamoqchi emas, bu yozda ayniqsa «Real» faollik ko‘rsatmoqda. Quyida yozgi transferlar doirasida amalga oshirilgan eng qimmat 10 transfer keltiriladi.

10. Karim Demirbay
«Hoffenhaym»dan «Bayyer»ga 32 mln yevro evaziga

Foto: bayer04.de

Demirbay 3 yil davomida «Hoffenhaym»ga sadoqat bilan xizmat qilib, bu jamoaning asosiy futbolchisiga aylandi. U o‘zining o‘yinni tashkil qilish funksiyalari va universalligi bilan qadr topdi: u himoya hududida to‘pni egallab, hujumga borishi mumkin –  u maydonning har bir joyida foydali, istalgan nuqtadan turib ajoyib kesik paslar bera oladi. «Bayyer» bunday dispetcherga ega bo‘lish uchun futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan 32 mln yevro miqdoridagi badal pulini to‘lashga qizg‘anchiqlik qilmadi. Endi jamoada «Borussiya»ga o‘tib ketishi kutilayotgan Brandtga munosib o‘rinbosar bor.

9. Benjamen Pavar
«Shtutgart»dan — «Bavariya»ga 35 mln yevro evaziga

Ochig‘ini aytish kerak, Pavar o‘tgan yiliyoq, jahon chempionatidagi o‘yinlaridan keyin qaysidir grand klubda paydo bo‘lmagani hayron qoldiradi. Uning ayniqsa Argentina terma jamoasiga urgan goli turnirning eng chiroyli goli sifatida tan olingani bu yosh fransuzning darajasidan guvohlik beradi. 

«Bavariya» Pavarni qishdayoq tarkibga qo‘shib olish uchun «Shtutgart»ga qo‘shimcha 10 million yevro taklif qilgandi, ammo ligada jon saqlab qolish uchun kurashayotgan klub istalgan pozitsiyada o‘ynay oladigan himoyachisi bilan xayrlashishga shoshilmadi.

«Bavariya» meni Argentinaga urgan golim uchun emas, Bundesligadagi eng yaxshi himoyachilardan biri bo‘lganim uchun sotib oldi. Men himoyada yaxshi harakatlanaman, qolaversa texnikam ham yomonmas», — dedi Benjamen shartnoma imzolaganidan keyin.

Endi u yangi jamoasida faoliyatidagi yangi cho‘qqilarni zabt etishga harakat qiladi va Kimmix bilan raqobatlashadi. Murabbiy germaniyalik himoyachini tayanch zonasiga o‘tkazish orqali muammoni hal etishi ham mumkin.

8. Raul Ximenes