Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2019 yilning 1-choragida Rossiyadan O‘zbekistonga 818 million dollar pul o‘tkazildi
2019 yilning birinchi choragida Rossiyadan O‘zbekistonga jismoniy shaxslar tomonidan 818 million dollar pul jo‘natilgan. Rossiya Markaziy banki tarqatgan ma'lumotlarga ko‘ra, shundan 340 million dollari (42 foizi) Rossiya fuqarolari tomonidan yuborilgan.
Taqqoslash uchun, 2018 yilning birinchi choragida Rossiyadan O‘zbekistonga jismoniy shaxslar tomonidan 726 million dollar yuborilgan (shundan 27 foizi Rossiya fuqarolari tomonidan) edi.
Idora ma'lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida Rossiyadan O‘zbekistonga jo‘natilgan pul miqdori o‘rtacha 349 dollarni tashkil qilgan.
2019 yilda O‘zbekistondan Rossiyaga pul o‘tkazish hajmi sezilarli pasaygan — bu yil O‘zbekistondan Rossiyaga faqat 75 million o‘tkazilgan. Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning dastlabki uch oyida O‘zbekistondan Rossiyaga 103 million yuborilgandi.
O‘zbekiston Rossiyadan pul o‘tkazmalari bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallagan. Birinchi o‘rinda Shveytsariya qayd etilgan — 1,3 milliard dollar. Bundan tashqari, yilning birinchi choragida Rossiyadan Tojikistonga 462 million dollar, Qirg‘izistonga – 453 million dollar, Armanistonga – 194 million dollar, Qozog‘istonga esa 137 million dollar pul o‘tkazilgan.
Ma'lumot uchun, 2018 yil yakunlariga ko‘ra, Rossiyadan O‘zbekistonga jismoniy shaxslar tomonidan salkam 4 milliard dollar o‘tkazilgan edi.
Mavzuga oid
21:32 / 01.05.2026
Aholi daromadlarining oshishi sekinlashdi. Poytaxt va hududlar o‘rtasidagi tafovut yanada kattalashgan
13:45 / 24.04.2026
Birinchi chorakda O‘zbekistonga yuborilgan pul o‘tkazmalari 13 foizga oshdi
17:45 / 31.03.2026
Qaysi ilovalar orqali foizsiz pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin?
14:51 / 31.03.2026