Özbekiston Prezidentining 2019/2020 öquv yilida Özbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga öqişga qabul qilişning davlat buyurtmasi parametrlari töğrisidagi qarori bilan harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uçun alohida kvota körsatkiçlari tasdiqlandi. Huquqşunos va bloger Xuşnud Xudoyberdiyev telegramdagi kanalida bu borada izoh bergan.
Xabaringiz bor, uzoq yillardan buyon harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uçun test sinovlarida maxsus imtiyoz tizimi qöllanilar edi.
Unga köra, harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlarga 2006-2011 yillar mobaynida maksimal ballning 25 foizi (56,7 ball), 2012-2016 yillarda maksimal ballning 27 foizi (61,2 ball), 2017-2018 yillarda özi töplagan ballning 50 foizi miqdorida imtiyoz qöllandi. Buning natijasida qizlar yoki tavsiyanoma olmagan abituriyentlarning huquqlari öz-özidan çeklanar edi.
Ötgan yili sentabr oyida Boş vazir örinbosari Aziz Abduxakimov harbiy imtiyoz masalasi qayta körib çiqilişini va'da qilgandi.
Şundan söng, 2019 yilgi Davlat dasturida harbiy tavsiyanomaga ega şaxslar örtasida ötkaziladigan tanlov uçun alohida kvotalar ajratiş tartibi joriy etilişi belgilandi, bu haqida maxsus qaror loyihasi ham işlab çiqildi, va nihoyat rasman tasdiqlandi ham.
Endi nima böladi?
1) harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uçun alohida 5 foizlik kvota belgilandi. Endi tavsiyanomaga ega abituriyentlar eng avvalo öşa kvota doirasida özaro bellaşadi, özgalarga xalaqit qilmaydi. Masalan, Toşkent tibbiyot akademiyasida 66ta örin ajratilgan, şundan 25tasi grant, 41tasi kontrakt (bu umumiy raqam, yönalişlarga hali ajratilmagan).
TTAga jami 200 nafar harbiy tavsiyanoma olganlar topşirdi, deylik. Ana şu 200 nafar abituriyentning töplagan ballari avval alohida ajratib olinadi va ular orasida eng yuqori ball töplagan dastlabki 25 kişi grantga, keyingi 41 nafar kişi kontraktga kiradi.


















