Olovda kuyişni his qiliş uçun barmoqning bir uçini olovga tekkizişning özi kifoya. Şunday azobni boşidan ötkazgan va buning asoratlari hali-hanuz bezovta qilayotgan namanganlik yigit haqida e'lon qilgan edik. Ma'lum vaqt mobaynida uşbu yigitga yurtdoşlarimiz tomonidan köplab moddiy va ma'naviy kömak berildi. Havoning issiqligi sabab Hindistonga uçib ketayotgan Azamat tahririyatimiz mehmoni böldi va xalqqa öz taşakkurini bildirdi.
Video: Youtube
Video: Mover (tas-ix)
«Assalom alaykum, aziz vatandoşlar. Hamma-hammangizni hayit ayyomi bilan tabriklayman. Tan-u joningiz soğ bölsin. Uluğ ayyom kunlarda nima niyat qilgan bölsangiz, niyatingizga yetib yuring. Yaxşi amallaringizda Ollohim rozi bölsin. Yordam berganlarga katta rahmat. Xudo xohlasa Hindistonga çiqib ketyapman. Köp vatandoşlarimiz çet ellardan turib yordam berişdi. Özlari qora iş qilib, oilalaridan, özlaridan orttirib savob yölida ança yordam berişdi. Şu orada notöğri ma'lumotlar, quruq tuhmatlar ham böldi. Oddiy holat sifatida bunga unça e'tibor bermadik. Köpçilikni yordami bilan davolaniş uçun çiqib ketmoqçimiz. Bu zaruriyat tufayli bölib, kunlar isib ketayotganligi bois, oğriqlar kuçayib borayotgani sababli tezroq borişga qaror qildik. Operatsiya bir bosqiçli bölmaganligi tufayli, bosqiçma-bosqiç ötkaziladi. Hozir 22 ming AQŞ dollari yiğildi. Operatsiyaga ketadigan mablağ 25 ming, turar joy va boşqa xarajatlar uçun 5 ming AQŞ dollari ketişi kutilayotgan edi. Lekin zaruriyat bölganligi uçun şu mablağ bilan çiqib ketişga majbur bölyapmiz. Uluğ kunlarda vatandoşlarimiz şunça yordam qilişdi, endi duoda bölib turişini söragan bölardim», – deydi u.

Bir yigitning dardini öz muşkulidek qabul qilgan yurtdoşlar! Sizning yiğib bergan mablağingiz ortidan köngli öksik bu yigit hozirda Hindistonda davolanmoqda. Mablağlaringiz bilan qöllaganingiz uşbu yigit endi sizlarning duolaringizga juda muhtoj.
Hurmatli "UZCARD" kartoçka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

















