Sobiq futbol hakami Davron Şoqurbonov Özbekiston Professional futbol ligasining yangi direktori lavozimini egalladi. Bu ma'lumotni Tribuna.uz manbasi tasdiqladi.

17 iyun kuni ÖFA vitse-prezidenti Ravşan Ermatov iştirokida ötkazilgan yiğilişda şu haqdagi qaror qabul qilingan.

Davron Şoqurbonov bu lavozimda bugun iste'foga çiqqan Omon Ğofurov örnini egalladi.

Davron Şoqurbonov

GoSport manbasi ma'lumotiga köra, mazkur lavozim uçun bir yöla uç nafar nomzod körib çiqilgan. Asosiy nomzodlar qatorida Malayziyada OFK Musobaqalar taşkil qiliş va ötkaziş Departamenti Terma jamoalar boşqarmasi boşliği lavozimida işlayotgan Avaz Berdiqulov ham bor edi. Ammo Berdiqulov OFKdagi işi sabab bu taklifga rad javobini bergan.

Şu boisdan PFL oxirgi variant sifatida Davron Şoqurbonov nomzodiga töxtagan.

Ayni vaqtda 47 yoşda bölgan Davron Şoqurbonov sönggi yillarda Toşkentning «Bunyodkor» klubida turli lavozimlarda faoliyat körsatib kelayotgandi.

Ma'lumot uçun, Şoqurbonov 12 yil muqaddam, 2007 yil iyulida Özbekiston futbolining öşa vaqtdagi rahbariyati tomonidan hakamlikdan çetlatilgan. Özbekiston futbol federatsiyasi tomonidan şu munosabat bilan e'lon qilingan maqolada u «kelişilgan öyinlarni taşkil etgani» uçun çetlatilgani qayd etilgan.

«ÖFFning futbol böyiça musobaqalarini boşqaradigan hakam va inspektorlarning faoliyatini tartibga soliş, adolatsiz hakamlikni oldini oliş va ularga barham beriş, şuningdek, işqibozlar orasida futbolning nufuzini yanada oşiriş maqsadida S.Ermatov, R.Seraziddinov, G.Imomov, R.Aytekov, A.Kovalenko, D.Şoqurbonov, J.Saidov, Z.Qodirov va N.Rözimovlar ÖFFning hakamlar va inspektorlar röyxatidan çiqarildi.

Ular, yuqorida ta'kidlab ötganimizdek, etik va ma'naviy me'yorlarning buzganligi, jamoalarga yon bosganligi va ularni qöllab-quvvatlaganligi, öz vakolatlarini özboşimçalik bilan oşirganligi, qoidalarning qasddan buzilişiga yöl qöygani, şuningdek, jamoalar örtasidagi «kelişilgan öyin»larni taşkil etganligi uçun munosib jazolandi», deyiladi 2007 yil Özbekiston futbol federatsiyasi saytida e'lon qilingan xabarda.