Siz ahamiyatingizni qaratmaydigan belgilar aslida hayot uçun xavflidir.

Qalqonsimon bez böyinning oldingi qismida joylaşgan va şaklan kapalakni yodga soluvçi organ. U asab tizimi, ovqat hazm qiliş, suyak töqimalari va reproduktiv salomatlikka öz ta'sirini ötkazadi.

Bez 3 xil gormonni ajratib çiqaradi. Agar birortasini sintez qiliş jarayonida kamçiliklar kuzatilsa, organizmning doimiy iş faoliyatida uzilişlar va kasalliklar yuzaga keladi. Gormon özgarişlari bir neça sabablar tufayli kelib çiqişi mumkin: dori vositalari qabul qilinişi, virusli infeksiyalar, immun tizimi zaiflaşişi, yod tanqisligi, homiladorlik va tuğruqdan keyingi davr. Odam bolasi kuçsiz qalqonsimon bez bilan tuğilişi ham mumkin.

Kasallik deb gormonlarning yetarli işlab çiqarilmasligi va ortiqça işlab çiqarilişiga aytiladi. Muammo bartaraf etilmasa, u yurak xastaliklariga, homiladorlik va tuğruq oğir asoratlar bilan keçişiga, homila tuşişiga, ba'zi holatlarda komaga olib kelişi mumkin.

Gohida zaif alomatlar ham jiddiy kasalliklardan belgi bera oladi. Lekin doimo ularni vaqtida payqab, öz hayotini saqlab qolişning imkoniyatlari yetarli.

1. Vazn özgarişlari

Şifokorlar birinçi navbatni diqqatni vazn özgarişlariga qaratişadi. Agar tanada gormonlar me'yordan ortib ketsa, odam birdaniga ozib ketadi. Odatdagidan köp ovqat iste'mol qilinganda ham, vazn taşlaş davom etadi — bu holatda ovqatlaniş rejimi özgarişi heç qanday ta'sirga ega emas.

Gormon darajasining tuşişi esa, aksinça, vazn yiğilişiga olib keladi. Metabolizm sekinlaşadi va natijada organizm ortiqça kaloriyani yoğ şaklida yiğa boşlaydi. Şu sababli parhez va fitneslarga qatnaş ham qomatni uşlaşga yordam bera olmaydi. Natijaga faqatgina gormonal fondagi özgarişlarni me'yorga keltiruvçi davolaş kursidan keyin erişiş mumkin.

2. Kayfiyat buzilişlari

Gormonlar bizning asab tizimimizga öz ta'sirini töğridan-töğri ötkazgani uçun ham, kayfiyatimiz ularning darajasiga boğliq. Nosozliklar alomatlariga hamma narsaga loqaydlik, hissiy qözğaluvçanlik, vahima, xavotir, yiğloqilik yoki özini tajovuzkorona tutiş kiradi.

Inson özidagi özgarişlarni payqaşi oson emas. Köpinça ularni işdan keyingi çarçoq, har kungi stress va hayot qiyinçiliklariga boğlaş mumkin. Öz kayfiyatingizga e'tiborli böling: agar u arzirli sabab bölmaganda ham yomonlaşsa va bir neça kun davomida özingizga kela olmay yursangiz, sizda psixoterapevt qabuliga boriş uçun arzirli sabab mavjud.