SSV matbuot xizmati ma’lum qilişiça, tanadagi yod miqdori kamayişi bola miyasi rivojlanişi buzilişi, hatto endemik buqoq, aqliy zaiflik, perinatal va çaqaloqlar ölimi köpayişiga sabab böladi. 

Bundan taşqari, yod tanqisligi tuğma kasalliklar darajasini oşiradi, homila va yangi tuğilgan çaqaloqlarda miyaning qaytarilmas şikastlanişi, intellektual salohiyati pasayişiga ham olib keladi. 

«Vazirlik va Sanepid xizmat mutaxassislarining tekşiruvlarida yuqoridagi suratlarda keltirilgan oş tuzlarida inson salomatligi uçun muhim bölgan yod miqdori yetişmasligi aniqlandi. 

Hurmatli fuqarolar! Soğliqni saqlaş vazirligi oş tuzini iste’mol qilayotganingizda, albatta, uning yodlangani va sifatiga e’tiborli bölişingizni sörab qoladi», deyiladi vazirlik xabarida.

Özbekistonning barça hududida yod tanqisligi bilan boğliq kasalliklarga çaliniş mumkin. Bu haqda 5 iyul kuni AOKAda ötkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati boşliği örinbosari Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, hozirga kelib Özbekiston şaroitida aholisi yod tanqisligi bilan boğliq kasalliklarga çaliniş xavfi bölmagan hudud yöq, negaki respublikaning şu kungaça örganilgan barça hududlarida aholi ratsionida yod tanqisligi mavjudligi kuzatilgan.

Akademik, Ya.X.Töraqulov nomidagi Endokrinologiya RIIATM tomonidan respublikaning barça hududlarida olib borilgan tadqiqotlarga köra, fuqarolar tomonidan kunlik örtaça yod iste’moli sezilarli darajada kamaygan bölib, bor-yöği 32-64 mkg ni taşkil etadi. Zarur bölgan minimal miqdori esa 150-200 mkg ga tengdir.

JSST fikriga köra endemik böqoqning sporadik şakllari 5 foizga kamayişiga erişilsa, u holda YTK töliq bartaraf qilingan hisoblansa-da, Özbekistonda bugungi kunda yod tanqisligi oğir hudud bölib qolmoqda.