Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma’lumotlariga köra, dunyoda 665 million nafardan ortiq odam endemik buqoq va qalqonsimon bezning boşqa kasalliklaridan aziyat çekmoqda. Qariyb 1,5 milliard kişida esa yod tanqisligi rivojlanişi xavfi mavjud.

Soğliqni saqlaş vazirligi bu modda nima uçun muhim ahamiyatga ega ekani haqida tibbiyot fanlari nomzodi Sevara Faxrutdinova izohlarini keltirdi.

— Yod mikroelementini inson organizmi işlab çiqara olmaydi. Şu sababli uni faqat taşqi muhit orqali qabul qilişi mumkin, dedi şifokor. — Bu modda organizmda qalqonsimon bez gormonlarining normal sintezlanişi uçun kerak. Agar yetarli darajada yod iste’mol qilinmasa, qalqonsimon bez funksiyasi buzilişi kuzatiladi.

Qayd qilinişiça, yod mikroelementiga bölgan kunlik ehtiyoj çaqaloqlarda 50 mikrogramm, 1-6 yoşli bolalarda 90 mikrogramm, 7-10 yoşli öğil-qizlarda 120 mikrogramm, ösmirlar va kattalarda 150 mikrogrammni taşkil qiladi. Homiladorlik va emiziklilik davrida esa ayollarning yodga bölgan kunlik talabi 200-300 mikrogrammgaça ortib ketadi.

«Biroq, hozir yurtimizda deyarli barça aholi vakillari ratsionida mazkur mikroelement tanqisligi kuzatiladi. Vaholanki, buning asoratlari yomon», dedi Faxrutdinova.

Şifokor sözlariga köra, yod tanqisligi aqliy zaiflikning asosiy omili. Bu modda yetişmasligi qalqonsimon bez va ovqat hazm qiliş organlari faoliyati bilan boğliq turli jiddiy kasalliklarni keltirib çiqaradi. Şuningdek, tirnoqlarning tabaqalanişi, soç tökilişi, teri quruqlaşuvi, uyquçanlik, çarçoq ham organizmda yod taqçilligi alomatlaridan.

«Bu muammo bolalarda endemik buqoq, jismoniy va ruhiy jihatdan rivojlanişdan orqada qolişga sabab böladi», dedi mutaxassis.

Uning ta’kidlaşiça, prezident qarori asosida Özbekistonda aholining kasallikka çaliniş xavfi yuqori bölgan guruhlari, jumladan, bolalar, ösmirlar, homilador va emizikli ayollarni yod preparatlari bilan bepul ta’minlaş amaliyoti yölga qöyilgan. Şuningdek, respublikada işlab çiqarilayotgan va sotilayotgan oş tuzini istisnosiz 100 foiz yodlaştirişni ta’minlaş qat’iy nazorat qilib borilyapti.