May oyida qulupnay mavsumi boshlanadi. Vitaminlarni sog‘inganimiz bois uni juda ko‘p miqdorda iste'mol qilishni boshlaymiz. Biroq qulupnay barchaga birdek foydali emasligi haqida hammamiz ham o‘ylab ko‘ravermaymiz.

U ayrim kishilar uchun juda foydali bo‘lsa, boshqalar uchun ma'qul bo‘lmasligi mumkin.

«Tak Prosto!» kimlar qulupnayni ehtiyotkorlik bilan iste'mol qilishi, kimlar undan umuman voz kechishi kerakligi haqida hikoya qiladi.

Foto: Depositphotos

Qulupnayning foydali jihatlari

Tarkibi sababli qulupnay yallig‘lanish va mikroblarga qarshi xususiyatlarga ega, uni o‘rtacha miqdorda iste'mol qilish organizmga umumiy sog‘lomlashtirish ta'sirini ko‘rsatadi, moddalar almashinuvini normallashtirish va ichki organlar faoliyatini tartibga solishda yordam beradi.

Yurak qon-tomir tizimini sog‘lomlashtiradi

Tarkibida salitsil kislotasi mavjudligi hisobiga qonni suyultirishga hissa qo‘shadi va quyqalar hosil bo‘lishining oldini oladi. Shuning uchun yurakka bo‘lgan bosim kamayadi. S vitamini, kletchatka va polifenollar xolesterinning ichaklarda so‘rilishini bosadi, bu esa tomirlar normal faoliyati uchun muhim.

Vitaminlar bilan to‘yintiradi

Qulupnay S vitaminiga boy. O‘rtacha o‘lchamdagi beshta mevada bu vitamin yirik apelsindagiga qaraganda ko‘proq. Qulupnayning yana bir foydali xususiyati – V6 vitaminining uzum va malinadagiga qaraganda ko‘pligi.

Foto: Depositphotos

Moddalar almashinuvini yaxshilaydi

Qulupnay organizmni hujayralarni tezroq yangilashga majburlab, almashinuv jarayonlarini faollashtiradi. Ya'ni yoshlikning o‘ziga xos eliksiri.

Ichaklar faoliyatini normallashtiradi

Polisaxarid va organik kislotalar mavjudligi sababli qulupnay ichaklar mikroflorasi tarkibining normallashuviga hissa qo‘shadi. Undagi pektin ich qotishiga qarshi samarali ta'sir ko‘rsatadi.