Metabolizm va gormonlar sizga qarşi işlaganda qomatni saqlaş borasida Layfxaker quyidagi maslahatlarni berdi.

Metabolizm sekinlaşadi
2010 yilda ötkazilgan yirik tadqiqotda turli yoşdagi 8 ming kişi sinovdan ötkazilgan va 40 yoşdan keyin bazaviy metabolizm 3,1-3,3 foizga kamayişi aniqlangan.
Demak, tana sokinlik holatida kuniga 50-60 dan kamroq kilokaloriya sarflaydi. Agar jismoniy faollik darajasi va odatiy parhez özgartirilmasa, yiliga uç kilogramm vazn töplaşingiz mumkin.
Nima qiliş kerak?
Ovqatlanişni qayta körib çiqiş va kaloriyalar iste'molini qisqartiriş lozim. Agar vazn taşlamoqçi bölsangiz, tezkor uglevodlar miqdorini qisqartiring, heç bölmaganda iste'mol qilinayotgan kaloriyalarni hisoblang va kundalik normadan oşmaslikka harakat qiling.
Muşak massasi yöqotiladi
50 yoşdan keyin muşak massasi juda tez – yiliga 15 foizgaça yöqotiladi. Biroq muşak kuçlarni yöqotiş jarayoni öttiz yoşdan keyin işga tuşadi. 2013 yilda ötkazilgan tadqiqotga köra, 40 yoşgaça va 40 yoşdan katta odamlar muşak massasi miqdori örtasidagi farq 16,6 dan 40,9 foizgaça bölgan körsatkiçni taşkil etadi.
Yoş bilan boğliq özgarişlar, jismoniy harakatning mavjud emasligi, testosteron darajasining tuşişi – bularning bari muşak massasi miqdoriga salbiy ta'sir qiladi. Axir organizm unga xizmat qiliş uçun köp quvvat sarflaydi. Muşakni yöqotganda metabolizm köproq pasayadi va ortiqça kilogramm töplaş ehtimoli ortadi.
Nima qiliş kerak?
Agar şu paytgaça sport bilan şuğullanmagan bölsangiz, boşlaşning ayni vaqti. Maşqlar va oqsil iste'moli muşak massasini oşirişda sizga yordam beradi.
Gormonal fon özgaradi
35 yoşdan keyin ayollarda estrogen işlab çiqarilişi pasayadi. Bu esa vaqt ötişi bilan menopauza va klimaks boşlanişiga olib keladi. Estrogenning köp miqdorda bölişi yoğ töplanişiga hissa qöşsa ham uning yetişmasligi ham vaznga salbiy ta'sir qiladi. Postmenopauza davriga ötiş abdominal yoğ miqdori va glyukoza hamda insulin darajasi ortişi bilan xarakterlanadi.












