Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy sud zalida vafot etgandan keyin Misr hukumatini sudga bermoqçi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar berdi.
“Mursiy öz ölimi bilan ölmagan, uni öldirişgan. Misrning demokratik saylangan prezidenti sud zalida 20 daqiqa yotgan va unga heç kim yordam körsatmagan”, deb aytgan Erdöğan.
Uning ta'kidlaşiça, Turkiya Mursiy ölimi mavzusi ortidan kuzatadi va iş xalqaro sudlarda körilişi uçun barça çoralarni köradi.
Mursiy 17 iyunda Qohirada sud zalidagi nutqidan keyin yurak xurujidan vafot etgan. U 67 yoşda bölgan.
Mursiy 2013 yil 3 iyuldagi harbiy töntaruv natijasida prezident lavozimidan çetlatilgan. U josuslik işi böyiça aybdor sifatida ötgan. 2015 yilda Mursiy va uning 16 tarafdori ölim jazosiga mahkum qilingan, biroq keyinçalik uşbu jazo umrbod qamoq jazosiga özgartirilgan. Mursiy tomoni bu hukm ustidan şikoyat qilgan, biroq 2017 yilda Misr hakamlik sudi uşbu hukmni kuçda qoldirgan.













