Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida «Navoiy viloyati tarkibida Ğozğon şahar hokimligini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi Prezident qarori loyihasi joylaştirildi.
Qaror loyihasiga köra, Navoiy viloyatining Ğozğon şahri va Nurota tumani çegaralari özgarişi hamda Ğozğon şahri viloyat böysunuvidagi şaharlar turkumiga kiritilişi munosabati bilan Navoiy viloyati böysunuvidagi Ğozğon şahar hokimligi taşkil etiladi.
Boş vazir örinbosari Oçilboy Ramatov boşçiligidagi respublika komissiyasiga:
10 kun muddatda Navoiy viloyati tarkibida viloyatga böysunuvçi Ğozğon şahar hokimligini taşkil etiş bilan boğliq zarur taşkiliy texnik tadbirlar kompleksini işlab çiqiş va belgilangan muddatlarda amalga oşirilişini ta'minlaş;
1 oy muddatda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi bilan birgalikda Ğozğon şahri budjetining va uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning prognoz parametrlarini belgilaş;
Navoiy viloyati hokimligi bilan birgalikda Ğozğon şahrini taşkil etiş davrida iqtisodiyot tarmoqlarining aniq, barqaror va bir maromda işlaşi, şuningdek, yuzaga keladigan ijtimoiy masalalarning öz vaqtida hal etilişini ta'minlaş topşirildi.
Boş prokuratura va Içki işlar vazirligiga ikki oy muddatda taşkil etilayotgan viloyatga böysunuvçi Ğozğon şahrida huquqni muhofaza qiluvçi organlarning tuzilmalarini taşkil etiş masalasini körib çiqiş vazifasi yuklatildi.
Bundan avvalroq Vazirlar Mahkamasining 2019-2021 yillarda Ğozğon şahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş töğrisidagi qarori loyihasi e'lon qilingandi.
Dasturning asosiy yönalişlari etib ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantiriş, aholini iş bilan ta'minlaş darajasi va farovonligini oşiriş, Ğozğon şahrini pardoz toş qazib oliş va işlov berişga ixtisoslaşgan sanoat şahriga aylantiriş maqsadida mavjud foydali qazilmalar – marmar, granit konlarini özlaştiriş natijasida yangi işlab çiqariş quvvatlarini taşkil etiş va tabiiy resurslardan samarali foydalaniş va hokazolar belgilangandi.
Dastur doirasida amalga oşiriladigan tadbirlarga barça manbalar hisobidan 764,1 mlrd. söm miqdorida mablağlar yönaltirilişi közda tutilgan.












