Xotin-qizlar qömitasi raisi Tanzila Kamalovna Norboyeva lavozimini tark etdi.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida deputatlar Boş vazir örinbosari - Xotin-qizlar qömitasi raisi lavozimiga boş vazir tomonidan kiritilgan nomzod - Bositxonova Elmira Irkinovnani tasdiqlaşdi.
Qayd etiş kerakki, Tanzila Norboyeva 2016 yilning 14 dekabrida Elmira Bositxonova örniga Boş vazir örinbosari - Xotin-qizlar qömitasi raisi lavozimida iş boşlagandi. U 2018 yil dekabrida uşbu lavozimga yaqin beş yil uçun qayta saylangan edi.
Kun.uz manbalari ma'lumotiga köra, Tanzila Norboyeva endi prezident farmoni bilan senator etib tayinlanişi kutilmoqda. Bu holda u Senatning 21 iyun kuni ötkaziladigan yalpi yiğilişi vaqtida Senat raisi lavozimiga tavsiya etilib, lavozimga tasdiqlanişi mumkin böladi. U şu tariqa bugun Boş prokuror etib tayinlangan Niğmatulla Yöldoşev örnini egallaşi va Özbekiston tarixiga Senat raisi bölgan ilk ayol sifatida kirişi mumkin.












