Mehmonxona va hostellarni band qiliş, aviaçiptalar sotuvi bilan nom qozongan Booking.com kompaniyasi 21,500 kişi orasida sörov ötkazib, ularning munosabatlari asosida dunyodagi eng mehmondöst 5ta davlat nomini e'lon qildi.
Respondentlar öz mamlakati va sayohati davomida orttirilgan tajribadan kelib çiqib, Tayland eng mehmondöst davlat ekanini e'tirof etişgan.
«Şuningdek, Indoneziya, Meksika, Tayvan va Hindiston dunyoning eng mehmondöst davlatlari röyxatiga qöşilgan», — deyiladi aniqlangan reytingda.
Kompaniya platformasida taklif etiladigan 5,7 million joyni tahlil qilgan mutaxassislar mamlakatlarning mehmondöstligi sirlarini oçmoqçi bölişgan.
Tayland

Respondentlar aynan şu davlatni köproq tilga olgan va ijobiy xotiralari bilan örtoqlaşgan. Milliy madaniyat va diniy arxitekturaga boy mamlakatda toğli qabila vakillari hayoti bilan tanişiş mumkin, qadimiy tilda sözlaşib, eski udumlarni davom ettirayotgan kiçik xalqlar yaşaydi.
Indoneziya

Vulqonli toğlar peyzaji bilan çiroy oçib turgan orollar mamlakatida haqiqiy ekzotikani his etiş mumkin. Nusa-Penidaga taşrif buyurgan sayyohlar yovvoyi sohilböyi tabiatiga oşiq böladi, mahalliy aholi esa ularga dunyodagi eng a'lo sifatdagi xizmatni körsatadi. Çangalzor oralab, Bukit-Lavang qişloğiga yetib borsangiz, tropik taomlardan tatib, mahalliy qavmning eng aziz mehmoni bölişingiz mumkin.
Meksika

Zamonaviy mehmonxonalardan tortib eng tropik qönoqqaça topiş mumkin bölgan Meksikaning aholisi ham mehmondöstligi bilan ajralib turadi. Ularning oşxonasi va maşhur muzeylari alohida diqqatga sazovor böladi. Ispan, hindu va karib madaniyati uyğunligida şakllangan millat vakillari sayyohlarni şarqona sevadi.


















